• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Farg‘ona

    Farg‘onada yangi korxonalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Farg‘ona viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari so‘zining avvalida so‘nggi besh yilda Farg‘onada sanoat hajmi 1,3 barobarga ko‘payganini qayd etdi. Eksport hajmi qariyb 2 barobarga oshib, 722 million dollarni tashkil etgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Investitsiyalar miqdori ham yil sayin o‘sib bormoqda. 2018-yilda viloyatda bor-yo‘g‘i 90 million dollar sarmoya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1 milliard 300 million dollar bo‘lgan. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 470 taga yetgan. Viloyatda 6 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobidan 110 ta va yana 1,1 milliard dollarlik 22 ta mahalliy loyiha bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ularda 20 mingdan ortiq ish o‘rni bo‘ladi.

    “Ilgari viloyatda 6 ta loyiha qilish amri mahol edi. Bugun 6 milliard dollarlik loyihalar haqida gapiryapmiz. Nima uchun? O‘sdik, rivojlandik, investorlarni ishontirdik, sharoit yaratdik. Bunday ishlarni yana davom ettiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Qayd etilishicha, birgina “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 370 million dollarlik yuzga yaqin loyiha bajarilib, 9 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Ular tomonidan 2024-yilning birinchi yarmida 1 trillion 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 60 million dollarlik eksport qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kuni kecha qabul qilingan prezident qaroriga ko‘ra, ushbu sanoat zonasi Quvasoy shahri bo‘ylab 210 gektarga kengaytiriladi. Unda qiymati 1 milliard dollarlik 185 ta loyiha joylashtirilib, 12 mingta ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida 230 gektar maydonda O‘zbekiston—Xitoy maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

    Viloyatdagi muvaffaqiyatli loyihalardan biri — Singapurning Indorama kompaniyasi bilan hamkorlikdagi mineral o‘g‘itlar zavodidir. Endi uning yuqori samarador kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha 2-bosqichi ishga tushirilmoqda hamda 3-bosqichi boshlanmoqda. Natijada yiliga 300 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, qo‘shimcha 50 million dollarlik eksport ta’minlanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Marosimdagi yana to‘rtta loyiha energetika sohasida. Ular – Beshariq tumanida quyosh elektr stansiyasi, O‘zbekiston tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi, Farg‘ona tumanida kichik gidroelektr stansiyalari.

    O‘zbekiston iqtisodiyotida elektr energiyaga bo‘lgan talab yiliga o‘rtacha 6 foizga oshib bormoqda. Shu bois an’anaviy manbalar bilan birga qayta tiklanuvchi quvvatlar ham rivojlantirilmoqda.

    So‘nggi uch yilda 2 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. Yil yakuniga qadar yana 12 ta stansiyaning qariyb 2,6 gigavatt quvvatlari ulanadi. Shuningdek, hozirgi kunda jami 19 milliard dollarlik, 18,3 gigavattli 32 ta “yashil” loyiha amalga oshirilmoqda. Muhimi, bunday loyihalar har bir viloyatda bor.

    Xususan, Farg‘onaning Beshariq tumanida Germaniyaning Hyper Partners kompaniyasi bilan 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlanmoqda. 350 million dollarlik mazkur loyihaning dastlabki 200 megavatti shu yilning o‘zida tarmoqqa ulanib, kelgusi yilda to‘liq ishga tushiriladi. Unda yiliga 1 milliard 600 million kilovatt soat yoki 675 ming xonadonning bir yillik iste’moliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Natijada 466 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.

    O‘zbekiston tumanida 144 million dollar xorijiy investitsiya hisobiga 150 megavattli ilk elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi. Xitoyning Gezhouba Group kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu majmua shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. U elektr energiyasiga talab ortgan vaqtda avtomatik ishga tushib, energetika tizimi barqarorligini ta’minlaydi.

    Sohadagi yana bir yo‘nalish – suv resurslaridan samarali foydalanish. So‘nggi yetti yilda 630 million dollar investitsiya hisobiga 400 megavattdan ortiq yangi quvvatlar barpo etilib, gidroelektr stansiyalar quvvati 2,2 gigavattga yetkazildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Izlanishlar davom ettirilib, O‘zbekistonda 56 megavatt quvvatli 200 ta  kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati aniqlandi. Bu borada alohida dastur qabul qilindi. Uning doirasida Farg‘ona tumanining cheka hududlarida 2 ta kichik GES barpo etildi. Birinchisi, Shohimardon qishlog‘ida qurilgan 2,2 megavattli, ikkinchisi, Yuqori Vodil qishlog‘idagi 430 kilovattli stansiyalardir. Ular yaqin mahallalardagi aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

    11.07.2024, 16:25   Izoh (0)   15305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Farg‘onaazot” Singapur kompaniyasiga 140 mln dollarga sotilmoqda

    17.01.2023, 22:24

    Singapur Qo‘qondagi zavodga 20 mln dollar investitsiya kiritdi

    26.06.2023, 19:30

    Shavkat Mirziyoyev yangidan ochilgan Qo‘qon aeroportini borib ko‘rdi (foto)

    11.07.2024, 12:46

    Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi yirik kimyo korxonasida bo‘ldi (video)

    11.07.2024, 13:57

    Farg‘onada 23 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadigan yangi loyihalar ishga tushiriladi

    11.07.2024, 15:11

    Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

    11.07.2024, 16:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.