Amerikaning Sports Illustrated jurnali Parijdagi (Fransiya) Olimpiada o‘yinlarida barcha musobaqalarda g‘olib va medal sohiblarini taxmin qildi. Sportchilar 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlarida 32 sport turi bo‘yicha 329 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.
O‘zbekistonlik 90 nafar sportchi 10 dan ortiq sport turida musobaqalarda ishtirok etadi. Amerika nashri o‘zbekistonlik sportchilarni sovrindor bo‘lishiga ishonmoqda.
Nashrning taxminiga ko‘ra, quyidagi o‘zbek sportchilari sovrindorlar safidan o‘rin oladi:
Boks
1. Hasanboy Do‘stmatov — oltin;
2. Abdumalik Halokov — oltin;
3. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — kumush;
4. Lazizbek Mullojonov —bronza;
5. Bahodir Jalolov — oltin.
Dzyudo
1. Dilshodbek Baratov — bronza;
2. Davlat Bobonov — kumush;
3. Muzaffarbek To‘raboyev — bronza;
4. Alisher Yusupov — bronza;
5. Diyora Keldiyorova — bronza.
Taekvondo
1. Ulug‘bek Rashitov — bronza;
2. Svetlana Osipova — kumush.
Sport nashri O‘zbekiston terma jamoasi 12 medal bilan musobaqani yakunlashini taxmin qilmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasida 3 ta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 32-o‘rinda qayd etilgandi. Musobaqada Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqgan edi.
Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)