NATO sammiti xalqaro maydondagi o‘zgarishlar soyasida qolmoqda, AQSH va alyansning yevropalik aʼzolari bir-biridan uzoqlashmoqda, blok tubsizlikka yaqinlashmoqda, deb yozadi Foreign Policy nashri.
Nashrga ko‘ra, ko‘p yillik yolg‘on signallardan so‘ng alyans tubsizlikka yaqinlashmoqda.
Yevropa va Qo‘shma Shtatlarni asta-sekin bir-biridan uzoqlashtirayotgan kuchli tarkibiy kuchlar mavjud va bu tendensiyalar AQSHdagi saylovlarda, Ukrainada yoki Yevropaning o‘zida nima bo‘lishidan qat’i nazar davom etadi, deyiladi xabarda.
Xabar muallifiga ko‘ra, alyansning kelgusidagi sammitiga soya solayotgan “bulutlarni” e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp yana AQSHda hokimiyat tepasiga kelishi mumkin, Fransiyaning Milliy uyushma partiyasi Fransiyadagi eng nufuzli siyosiy harakatga aylandi, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “buzg‘unchi kuch” bo‘lib qolmoqda, yevropaliklar va amerikaliklar bir qator masalalar, xususan, Ukraina va Falastin-Isroil mojarolari bo‘yicha o‘zaro kelisha olmayapti.
9-iyul kuni Vashingtonda NATO sammiti boshlandi, bu alyansning amaldagi bosh kotibi Yens Stoltenberg uchun oxirgi sammit bo‘ladi. 1-oktyabrda uning o‘rniga Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte tayinlanadi, u allaqachon NATO davlatlarining doimiy vakillari tomonidan Bryusseldagi shtab-kvartirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tasdiqlangan.
Izoh (0)