So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 baravarga oshdi. O‘tgan yili esa firibgarlar fuqarolardan 603 milliard so‘mni o‘g‘irladi. O‘g‘irlangan pullarning katta qismi shaxsi tasdiqlanmagan akkauntlarga o‘tkazilgan. Shu sababli bugun to‘lov xizmatlari va Markaziy bank pul o‘tkazmalarida shaxsni tasdiqlash zarurligi haqida ko‘p gapirmoqda.
2025-yil 2-iyuldan boshlab identifikatsiyadan o‘tmagan foydalanuvchilar katta miqdordagi pulni yuborish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. payme bilan birga ushbu qonundagi o‘zgarishlarni va ular firibgarlikdan qanday himoya qilishini tushuntiramiz.
- To‘lov ilovasiga foydlanuvchilarning pasport maʼlumotlari va selfisi nega kerak?
Bankda pasportsiz hisob ochib bo‘lmaganidek, to‘lov ilovalarida ham moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan avval shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak.
Ayni paytda yangi akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazilganda, parol tiklanganda yoki yangi qurilmadan tizimga kirilganda ilovalar mijozlardan pasport raqami yoki JSHSHIR so‘rashi va ularni selfi bilan mosligini tekshirishi shart. 2-iyuldan boshlab esa identifikatsiyadan o‘tmagan foydalanuvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan (taxminan 11 mln so‘m) ortiq mablag‘ni yuborish yoki qabul qilishi mumkin bo‘lmaydi. Bu talab “To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga muvofiq joriy etilgan. (Adliya vazirligi 30.06.2020 ro‘yxat raqami №3266)
- Bu firibgarlikdan qanday himoya qiladi?
Agar firibgar SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiritsa ham, uning selfisi siznikiga to‘g‘ri kelmagani uchun profilingizga kira olmaydi. Ammo telefoningiz yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, va siz hali ilovada shaxsingizni tasdiqlamagan bo‘lsangiz, firibgarlar sizning nomingizdan o‘zlarining tasdiqlanmagan akkauntlariga pul o‘tkazishlari mumkin.
- Agar shaxsni tasdiqlamasa, nima bo‘ladi?
Firibgarlar doimiy ravishda yangi aldov usullarini o‘ylab topmoqda, shu sababli to‘lov ilovalari ham xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Kelgusida shaxsi tasdiqlanmagan foydalanuvchilar faqat balansni ko‘rish yoki QR-kod orqali to‘lov qilish kabi cheklangan funksiyalardan foydalana olishadi.
- payme’da qanday qilib shaxsni tasdiqlash mumkin?
Ilovadagi “Profil” bo‘limiga o‘ting va “Identifikatsiyadan o‘tish” tugmasini bosing. Pasport ma’lumotlari yoki JSHSHIR’ni kiriting, so‘ngra yuzni skanerlash orqali shaxsingizni tasdiqlang. Jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. Keyinchalik, masalan parolni tiklash yoki yangi qurilmadan kirishga uringaningizda, ilova sizdan yana selfi so‘rash orqali bu amalni aynan siz bajarayotganingizga ishonch hosil qiladi.
- payme’ga shaxsiy maʼlumotlarni topshirish xavfsizmi?
Ha, payme “Shaxsiy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi. Foydalanuvchilarga oid barcha ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi ishonchli ma’lumot markazlarida saqlanadi. Ilova ma’lumotlarni, jumladan selfilarni ham, sizib chiqishdan himoyalovchi zamonaviy shifrlash texnologiyalaridan foydalanadi.
Bundan tashqari, payme fintex sohasidagi eng yuqori xalqaro xavfsizlik standarti — PCI DSS sertifikatiga ega. Har yili mustaqil auditor kompaniyada barcha zarur himoya choralarining joriy etilganini tasdiqlaydi. So‘nggi audit 2025-yil 30-mayda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Agar sizda savollar tug‘ilsa yoki qiyinchilik yuzaga kelsa, @paymehelpbot qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)