Ushbu ikkinchi, biznesni rivojlantirish kursi 8 moduldan iborat bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 19-iyul. Ishtirok etish pulli.
“Moving Up biznes-akselerator dasturining birinchi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan keyin, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) TEAM universiteti bilan birgalikda payme kompaniyasining #AyollarBiznesiTomonida loyihasi va TBC Bank ko‘magida, tadbirkor ayollar uchun dasturning ikkinchi loyihasiga start bermoqda.
Moving Up — ishtirokchilarga o‘z bizneslarini kengaytirishga, sotuvni ko‘paytirishga hamda biznes jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradigan yetakchi biznes mutaxassislaridan qimmatli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir. Dastur biznesga egalik qiluvchi va ularni boshqarayotgan ayollarni rivojlanishida, shuningdek, ularning kasbiy va shaxsiy o‘sishida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Moving Up'da ishtirok etish:
- shaxsiy biznes loyiha ishlab chiqish;
- amaliyotchilar konsultatsiyasi;
- ekspertlar bilan individual va guruh bo‘lib ishlash;
- ochiq muhokamalari;
- kompaniyalarga tashrif buyurish va boshqalar.
Qanday natijalarga erishildi?
Moving Up dasturi ishtirokchilarga o‘z bizneslarini muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini berdi. Shuningdek, u tadbirkor ayollarga biznes bilimlarini kengaytirishda va strategik qarorlar qabul qilishni o‘rganishda yordam berdi.
Dastur va muvaffaqiyatli yakunlangan trening natijasida:
- Ishtirokchilarning 33 foizi moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshiladi;
- 47 foizi mijozlar sonini oshirdi;
- 47 foizi yangi loyihalar yaratdi yoki ularda ishtirok etdi;
- 14 foizi yangi filiallar ochdi.
Dasturning ikkinchi loyihasida nimalar kutmoqda?
Trening yuzma-yuz bo‘lib bo‘lib o‘tadi va o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan birga olib boriladi. Guruhdagi barcha materiallar va ishlar ikki tilda – o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi.
Loyiha 8 moduldan iborat:
- Loyiha samaradorligi va joriy biznes muammolarining diagnostikasi;
- Biznesda dizayn-fikrlash;
- HR va jamoani shakllantirish;
- Moliyaviy menejment;
- Biznesni raqamlashtirish;
- Mijozlar yo‘li va tajribasi;
- Biznesni strategik rivojlantirish;
- Pitching va taqdimot ko‘nikmalari
“Moving Up — biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida muvaffaqiyatli amalga oshirgan eksperimental loyiha. Dasturning ikkinchi loyihasini boshlashda biz ishtirokchilarning xohish-istaklarini inobatga oldik, shuningdek, hududlarda bunga ham katta qiziqish borligini his etdik. Shu bois, endi mashg‘ulotlar o‘zbek tilidagi sinxron tarjima bilan birga olib boriladi. Bundan tashqari, bu safar biz ilg‘or mobil bank hisoblangan TBC Bank va payme kompaniyasining qo‘llab-quvvatloviga erishdik, bu esa tajriba va ekspertiza imkoniyatlarimizni kengaytiradi”, deb o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi TEAM universiteti hammuassisi va TEAM Executive Education biznes ta’limi bo‘limi rahbari Hikmat Abdurahmonov.
Xuddi birinchi loyihadagi kabi, bu safar quyidagi ekspertlar maʼruza qiladilar:
- Laziz Adhamov, IT tadbirkor va Zamonaviy Texnologiyalar, Top-Contact va Dalatek loyihalari asoschisi;
- Aziza Umarova, strategiya bo‘yicha konsulting kompaniya asoschisi;
- Marina Vanina, Grant Thornton Valuation direktori;
- Oksana Novojenina, biznes-trener, neyromenejment bo‘yicha konsultant va HR.
- Nigora Oqilova, beautify.uz bosh direktori;
- Aleksey Ivanov, "Лаборатория клиентского опыта" direktori;
- Ulug‘bek Xojiahmedov, Compass Consulting direktori;
- Hikmat Abdurahmonov, TEAM University, Ground Zero, HM Partners hammuassisi.
Loyihada ishtirok etish shartlari
Loyihada kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan tadbirkor ayollar ishtirok etishi mumkin. Qatnashish uchun biznes faoliyatni tasdiqlovchi hujjat — guvohnoma taqdim etilishi shart. Loyiha uchun saralashda o‘z biznesiga ega bo‘lgan tadbirkor ayollarga ustunlik beriladi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati – 19-iyul. Mashg‘ulotlar 2-avgustdan boshlanib, 7-sentyabrda o‘z nihoyasiga yetadi.
Dastur Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan subsidiyalangan bo‘lib, o‘quv xarajatlarining katta qismini qoplaydi. Shuni inobatga olgan holda, trening narxi 2,8 million so‘mni tashkil etadi.
Dasturda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi havola orqali anketa to‘ldirishlari mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1-SXwHPnxH-qlRO4kCHrdZKzKBwYz6fcvUvJSf9elADU/edit
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)