Daryo

Toshkent 2026-yilgi World Boxing tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi

Musobaqaning birinchi bosqichi aprel oyida Braziliyada, ikkinchi bosqichi esa iyun oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

1 daqiqa o‘qish3 150 ko‘rishlar0 izoh0

2026-yilda World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final janglari Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Sentyabr oyida Liverpulda o‘tgan Jahon chempionati chog‘ida final bosqichi mezbonligini qabul qilish uchun arizalar topshirish jarayoni boshlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham mezbonlik uchun o‘z taqdimotini World Boxing Ijroiya qo‘mitasiga taqdim etgan.

Federatsiyaning arizasi tashkilot direktorlar kengashi tomonidan ma’qullandi va final bosqichini o‘tkazish huquqi ishonch bilan O‘zbekistonga topshirildi. Endi 2026-yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan World Boxing kubogi final janglari Toshkentda o‘tkaziladi. Musobaqaning birinchi bosqichi aprel oyida Braziliyada, ikkinchi bosqichi esa iyun oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks federatsiyasi 2024-yilning 4-noyabr sanasida World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lgan edi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar