Daryo

O‘zbekiston kikboksing terma jamoasi Jahon Kubogini 72 ta medal bilan yakunladi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon Kubogi O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish2 966 ko‘rishlar0 izoh2

Tailand poytaxti Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon Kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Nufuzli musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Bellashuvlar davomida o‘zbekistonlik kikboksingchilar yuksak mahorat va tayyorgarlik darajasini namoyish etib, umumjamoa hisobida 36 ta oltin, 22 ta kumush va 14 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jami 72 ta medal bilan musobaqaning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biriga aylandi.

Avvalroq Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar