Daryo

Jahon kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish12 425 ko‘rishlar0 izoh0

Polshaning Varshava shahri mezbonlik qilayotgan World Boxing tashkiloti kubogi ikkinchi bosqichining ilk kunida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.  

Foto: Boxing Uzbekistan

Ushbu musobaqa 10—17-may kunlari Varshavadagi COS Torwar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan qatnashmoqda. 

To‘liq tarkib:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Samandar Olimov
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-70 kg: Gofur Tohirov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+92 kg: Jahongir Zokirov

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

Kecha, 12-may kuni o‘zbekistonlik bokschilar musobaqadagi ishtirokini boshladi. Kun davomida 3 nafar sportchi ringga chiqib, barchasida g‘alaba qozonishni uddaladi. 

Dastlab, -60 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Samandar Olimov mezbon Maykl Akoto-Ampavni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Keyin Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham -65 kg vaznda shvetsiyalik Hampus Bromandan 5:0 hisobida ustun kelib, keyingi bosqich ishtirokchisiga aylandi. Kunning so‘nggi bahsida Jahongir Zokirov ringga chiqdi. U +90 kg vazn toifasida yana bir mezbon — Oskar Koperani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, 31-martdan 5-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan World Boxing tashkiloti kubogining dastlabki bosqichiga Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri mezbonlik qilgan. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi medal jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar