Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fazliddin Erkinboyev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Erkinboyev yarim finalda hindistonlik Ankushga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Fazliddin Erkinboyev musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Ma’lumot uchun, Erkinboyev 2025-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, -75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Osiyo chempionatida esa -80 kg vaznda qatnashib, barcha raqiblaridan ustun kelgan. Shuningdek, u 2025-yilgi IBA erkaklar o‘rtasidagi Jahon boks chempionatida o‘rta vazn toifasida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘lgan.








