Bugun, 6-sentyabr kuni poytaxt ko‘chalarida Tashkent International Half Marathon yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar ikkita masofada — 21 kilometrlik yarim marafon hamda 5 kilometrlik ommaviy yugurish bo‘yicha startga chiqdi. Tashkent City bog‘idan boshlangan marshrut shaharning markaziy qismlarini qamrab oldi.
Yakunda o‘z masofasida marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan g‘oliblarga pul mukofotlari topshirildi, masofani to‘liq bosib o‘tgan boshqa qatnashchilarga esa esdalik medallari berildi. Shuningdek, 5 kilometrlik yo‘nalishda qatnashganlar uchun maxsus keshbek aksiyasi ham o‘tkazildi.
“Daryo” muxbiri marafon jarayonini kuzatib, tadbirdan fotoreportaj tayyorladi. Quyida ushbu musobaqadan olingan suratlar bilan tanishishingiz mumkin.









