Daryo

World Boxing tashkiloti yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston birinchi o‘rinda

O‘zbekistonlik olti nafar bokschi o‘z vaznida peshqadamlik qilmoqda. Qolgan to‘rt vazn toifasida esa qozog‘istonlik sportchilar yetakchi hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish3 568 ko‘rishlar0 izoh8

World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan, Qozog‘iston esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekistonlik olti nafar bokschi o‘z  vaznida peshqadamlik qilmoqda: Abdumalik Halokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg). 

Qolgan to‘rt vazn toifasida esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxan (55 kg), To‘raxan Sobirxan (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari yetakchilik qilmoqda. 

“Reytingda O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchilik qildi, Qozog‘iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo‘ldi”, deyiladi tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Liverpulda o‘tgan World Boxing jahon chempionatida Qozog‘iston 7 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy olgan edi, O‘zbekiston esa 6 ta oltin bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar