Sherzod Asadov Euronews media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekiston va Euronews oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qoʻshma media loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
“Jurnalistlarning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda O‘zbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishib oldik”, deb yozdi prezident matbuot kotibi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bundan avval tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.








