Daryo

Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Uchrashuvda 13—14-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan YXHTning “Xabardor va barqaror jamiyatlar uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini ta’minlash” mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.

1 daqiqa o‘qish2 248 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda 13—14-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan YXHTning “Xabardor va barqaror jamiyatlar uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini ta’minlash” mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda davlat siyosatining ochiqligi va shaffofligi sezilarli darajada oshirilgani, so‘z erkinligi kafolatlari mustahkamlanayotgani, ommaviy axborot vositalarining mustaqil va professional rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida 13—14-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan YXHTning “Xabardor va barqaror jamiyatlar uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini ta’minlash” mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston bunday nufuzli mintaqaviy platformaga mezbonlik qilayotgani mamlakatimizning so‘z erkinligi va media muhitini rivojlantirish borasidagi yutuqlarining e’tirofi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi”, dedi Sherzod Asadov.

Foto: Telegram/ Sherzod Asadov

Konferensiya ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati hamda media sohasi iqtisodiy asoslarining barqarorligini, jamiyatni ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlar bilan ta’minlash masalalarini batafsil muhokama qilishga qaratilgan.

“Amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, strategik kommunikatsiyalar, mediasavodxonlik va faktchekingni rivojlantirish, O‘zbekistonda xorijiy va xalqaro ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida ma’lumot berdim. Dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hamkorlik istiqbollari — tajriba almashish, jurnalistlar malakasini oshirish, qo‘shma treninglar va ta’lim dasturlarini o‘tkazish, YXHT yetakchi ekspertlarining O‘zbekistondagi tadbirlarda ishtirok etishi yuzasidan fikr almashdik.

Ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanimizni ta’kidladik”, deb yozdi prezident matbuot kotibi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar