Daryo

Sherzod Asadov Euronews media xoldingi rahbari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi

Euronews bilan o‘zaro manfaatli sheriklik rivojlantiriladi

1 daqiqa o‘qish3 488 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentda Euronews media xoldingi rahbari Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqotda hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli fikr almashildi.

Mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” maqsadlarini amalga oshirish doirasida Euronews bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdormiz, deb yozadi Sherzod Asadov.

Prezident matbuot kotibi 2024-yilning noyabr oyida ham Pedro Vargas David bilan uchrashgandi. Unda jahon auditoriyasini O‘zbekistondagi asosiy islohotlar va uning xalqaro tashabbuslari, mamlakatda o‘tkazilayotgan yirik tadbirlar haqida xabardor qilish, OAV va matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish masalalarining keng doirasi muhokama qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar