Daryo

Serbiya prezidenti 4 kun rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

1 daqiqa o‘qish2 434 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, turizm va boshqa muhim yo‘nalishlarda sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar