Daryo

Harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushganlarga chora ko‘rildi (video)

Ular bir yilga haydovchilik guvohnomasidan ham mahrum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish4 287 ko‘rishlar0 izoh0

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushish holatlari ko‘paydi. Holatlar yuzasidan aybdorlarga tegishli tartibda choralar ko‘rildi. 

Kadr: Telegram

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatinining ma’lum qilishicha, bu kabi holatlar ortidan bugungi kunga qadar bir necha fuqaro haydovchilik guvohnomasidan 1 yilga mahrum bo‘ldi, shuningdek, BHMning 25 barobari — 9 375 000 so‘m jarimaga tortildi. 

“Ushbu turdagi qoidabuzarlik sizni haydovchilik guvohnomasidan bir yil muddatga mahrum qilib, BHMning 25 barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Trendga ergashib vijdonini, bilimini, vaqtini sarf qilayotgan yoshlar, o‘ylang, bu sizni rivojlantiryaptimi yoki chalg‘ityaptimi”, deyiladi xabarda.

Kuni kecha Toshkentda mashina kapotini “akvarium”ga aylantirgan fuqaro 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida Laboʼga suv to‘ldirib, cho‘milganlarga chora ko‘rildi. 

Uzr so‘ragan “qahramonlar”

Navoiyda poyga o‘ynagan yigitlar avariyaga uchragan edi. Ushbu hodisada tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda. “Sal qolishiga sal qoldi. Bo‘ldi, boshqa poyga o‘ynamayman”, degan edi yigitlardan biri.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar