Daryo

Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘radi (video)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralashini maʼlum qildi

1 daqiqa o‘qish14 735 ko‘rishlar1 izoh0

Avvalroq Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini urgani haqida xabar berilgandi. Holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, holat MMTB va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va tegishli chora ko‘rildi.

Shuningdek, o‘qituvchini urgan o‘quvchining onasi ham uzr so‘radi. 

“Jahlim chiqqanda bilmay qoldim. Barchadan uzr so‘rayman”, deydi u.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralashi va doimo murosasiz munosabatda bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Maktabda o‘qituvchilarning kaltaklanishi

2024-yilning oktyabrida Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgandi. O‘sha yilning aprelida Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangandi. 2023-yilning mayida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar