Madridning “Real” klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde 2024/25-yilgi mavsumda dunyo futboli tarixida maydonda eng uzoq vaqt harakat qilgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda jami 72 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. U “Real” va Urugvay terma jamoasi safida umumiy hisobda 6116 daqiqa maydonda harakat qilgan — bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mazkur reytingda ikkinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh egalladi. U 66 ta uchrashuvda jami 5796 daqiqa maydonda bo‘lgan. Uchinchi o‘rin esa “Milan” va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyanga nasib etdi — u 63 o‘yinda 5624 daqiqa o‘ynagan.
Maydonda eng uzoq vaqt harakat qilgan futbolchiga o‘ntaligidan quyidagi futbolchilar ham joy oldi:
- Joshua Kimmix (“Bavariya”)
- Yoshko Gvardiol (“Manchester Siti”)
- David Rayya (“Arsenal”)
- Ashraf Hakimi (“PSJ”)
- Mark Kukurelya (“Chelsi”)
- Yan Oblak (“Atletiko Madrid”)
- Virjil van Deyk (“Liverpul”)
Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarning barchasi mavsum davomida 5000 daqiqadan ortiq vaqtni maydonda o‘tkazgan.
Izoh (0)