• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    Dunyo bo‘ylab tarqalgan bazalar Qo‘shma Shtatlarni global qudratga aylantirdi. Biroq bu ularni har tomondan keluvchi tahdidlardan himoyalashdek jiddiy muammoni ham paydo qiladi. Mazkur vazifa uchun amerikaliklarda vaqt sinovidan o‘tgan, aniqligi va mobilligi bilan ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolgan tizim – Patriot bor. U, ayniqsa, Ukraina urushi bilan bog‘liq voqealar fonida tez-tez tilga olindi.

    M-104 Patriot AQSH armiyasining asosiy havo mudofaa tizimidir. U dronlardan tortib ballistik raketalarga qadar keng spektordagi havo tahdidlarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Uni loyihalash ustidagi izlanishlar 1960-yillarga kelib boshlandi. Boisi o‘shanda amerikaliklar eskirib borayotgan Nike Hercules va Hawk havo mudofaa tizimlari o‘rnini bosish uchun yangi tizimga zarurat borligini anglab yetishdi.

    Shunday qilib, loyiha bilan asosiy pudratchi sifatida Raytheon shug‘ullana boshladi. Kompaniya dastlabki prototip bilan sinovlarni 1969-yili o‘tkazdi. Ishlab chiqarish jarayonlarini esa 1976-yildan yo‘lga qo‘yildi. Eʼtiborlisi, Raytheon konveyerlaridan hozir ham yangi tizimlar chiqmoqda.

    1981-yili AQSH harbiylari yangi tizimning ilk batareyasini qabul qilib oldi. Biroq u xizmatga kirishi bilanoq eskirib bo‘lgandi. Boisi dastlabki model o‘sha davr uchun asosiy tahdid hisoblangan samolyotlar va vertolyotlarni tutib olishga mo‘ljallangan edi. Sovet raketasozlik sanoati keskin rivojlangach, tizimning dasturiy taʼminotini yangilashga zarurat tug‘ildi. Shunday qilib, u qanotli va ballistik raketalarni ham tutib olish imkoniga ega bo‘ldi.

    Patriot havo mudofaa tizimi
    Patriot havo mudofaa tizimi
    Foto: Tarmoqdan

    U qanday ishlaydi?

    Patriot bir necha komponentlardan iborat murakkab kompleksdir. Batareyani boshqarish uchun qo‘mondonlik markazi, kirib kelayotgan tahdidlarni aniqlash, kuzatish va raketalarni yo‘naltirish uchun radar, uchirish platformasi hamda bularning barini elektr bilan taʼminlaydigan generator shular jumlasidan.

    O‘zaro uyg‘unlikda ishlovchi mazkur texnologik zanjirning dastlabki halqasi ko‘p funksiyali radar bo‘lib, u modifikatsiyasiga qarab 67,5 yoki 90 daraja burchakni skanerlaydi. Patriot uchun ko‘z vazifasini bajaradigan tizim 120 kilometr masofadagi 100 ga yaqin nishonlarni kuzatishi mumkin. Agar tahdid ballistik raketa bo‘lsa, uni aniqlash masofasi 60 kilometrgacha qisqaradi.

    Shundan so‘ng, radardan olingan maʼlumotlar boshqaruv markaziga yuboriladi. Bu yerda nishon tezligi, parvoz trayektoriyasi kabi axborotlar qayta ishlanib, uchirish platformasiga ko‘rsatma beriladi. Ularning har biri 4 tadan 16 taga qadar raketa saqlashi mumkin. Mana shunday platformalarning sakkiztasini boshqarish uchun atigi bitta qo‘mondonlik markazi kifoya qiladi. Butun batareyani quvvat bilan taʼminlaydigan dizel generatorlari esa 150 kilovatt energiya ishlab chiqaradi. Butun jarayonni 90 kishilik personal nazorat qiladi.

    Patriot tizimining ish ketma-ketligi
    Foto: Ochiq ma’lumotlar asosida tayyorlandi

    AQSH muhandislari Patriotʼni hozirgi darajaga olib kelish uchun yarim asr mehnat qilishdi. Tizim aniqligi, jangovar radiusi keskin oshirildi. Hozir u PAC-2 hamda PAC-3 raketalarini qo‘llaydi. Ulardan birinchisi yuqori portlovchi jangovar kallak bilan jihozlangan bo‘lib, 97 km masofadagi tahdidlarni zararsizlantira oladi. Qariyb bir tonna vazniga qaramay, u o‘z tezligini 5630 km/soatga yetkaza oladi. Raketa “proximity fuse” mexanizmi asosida ishlaydi. Yaʼni u nishon yaqiniga borib, portlaydi. Natijada portlashdan hosil bo‘lgan bo‘laklar tahdidni yo‘q qiladi yoki yo‘nalishidan burib yuboradi.

    PAC-3 esa avvalgi modeldan nisbatan qisqaroq jangovar radiusga ega. U taxminan 40 km masofadagi tahdidlarni zararsizlantira oladi. Vazni ham uch barobar yengilroq. Biroq uning ustun tomoni ham shunda. Bitta uchirish qurilmasiga PAC-2 raketalaridan to‘rtta, PAC-3 modelidan esa 16 ta joylashtirish mumkin.

    PAC-2 (chap) hamda PAC-3 (o‘ng) raketalarining uchirish tizimlari
    PAC-2 (chap) hamda PAC-3 (o‘ng) raketalarining uchirish tizimlari

    Qolaversa, uni loyihalashda foydalanilgan texnologiyalar ham eski modeldan ajralib turadi. Masalan PAC-3 “hit to kill” texnologiyasi asosida ishlaydi. Yaʼni u nishonni bevosita urilish bilan zararsizlantiradi. Biroq bu raketalar arzon emas. Har biri 4 million AQSH dollariga baholanadi. Qolaversa, ularni ishlab chiqarish imkoniyati ham cheklangan. Raytheon ishlab chiqarish zanjirini Lockheed Martin bilan bo‘lishgan. Shunga qaramay, ularning konveyerlaridan har yili 740 ta raketa chiqadi. 2027-yilga borib, raqamlarni 1100 taga yetkazish reja qilingan.

    Patriot jangovar amaliyotda

    Raytheon hozir qadar jami 17 ta davlatga 240 dan ortiq tizim yetkazib bergan. Ularning dastlabkisi 1991-yil jangovar sinovdan o‘tgan. Tizim o‘sha yilning 18-yanvar kuni Saudiya Arabistonida joylashgan AQSH bazasi tomon Iroqdan uchirilgan Scud ballistik raketasini tutib olgan. O‘shanda Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi koalitsiya Kuvaytni bosib olgan Iroq kuchlariga qarshi jang olib borayotgan edi.

    Patriotning ilk jangovar sinovi haqidagi xabar qisqa vaqt ichida gazetalar bosh sahifasidan joy oldi. Biroq oradan bir oy o‘tgach, matbuot AQSH uchun qora kun haqida xabarlar chop etdi. Boisi Patriot Iroqdan uchirilgan raketani tutib olishda adashib, bu 28 nafar amerikalikning o‘limiga sabab bo‘ldi. Ammo bu Raytheon ishlab chiqqan havo mudofaa tizimining samarasini shubha ostiga olishlari uchun yagona sabab emasdi. 1992-yilga kelib bir yil muqaddam tarixiy voqea sifatida taʼriflangan keys yuz bermagani oydinlashdi. Yaʼni Patriot hech qanday raketani tutib olmagan. Shunchaki uning dasturiy taʼminotida muammo bo‘lgan.

    Patriot tizimining qo‘mondonlik markazi
    Patriot tizimining qo‘mondonlik markazi
    Foto: NATO Allied command

    Shundan so‘ng, ishlab chiqaruvchi xatolarni tuzatishga kirishdi. Muhandislar raketaning PAC-2 va PAC-3 modifikatsiyalarini ishlab chiqdi. Ular dastlabki imtihonni AQSH Iroqqa bostirib kirgan 2003-yili topshirdi. Eʼtiborlisi, Patriot bu safar pand bermadi. Maʼlum qilinishicha, u to‘qqizta raketadan barchasini urib tushirgan.

    Kimlarda Patriot bor?

    Germaniya Federativ Respublikasi mazkur tizimlarni sotib olgan ilk xorijiy davlat bo‘ldi. 1983-yili mamlakat Sovet Ittifoqidan himoyalanish uchun 24 ta kompleks uchun shartnoma imzoladi. Yaqin Sharqdan esa Saudiya Arabistoni birinchi xaridorga aylandi. Qirollik shu kunga qadar Patriotʼlarni Yaman husiylari tomonidan uchirilgan dron va raketalarni tutib olish uchun ishlatgan. Biroq ularning samaradorligi bahsli masala. Operatsion tarixdan nishonlar urib tushirilgan holatlarni ham, muvaffaqiyatsiz keyslarni ham topsa bo‘ladi.

    Ammo yahudiy davlati tomonidan sotib olingan tizimlar o‘zini yaxshi namoyon qilgan. Isroil 2014-yili ularning yordami bilan Suriyaning Golan tepaliklari bo‘ylab parvoz qilayotgan Su-24 bombardimonchisini urib tushirgan. Biroq Tel-Aviv o‘z ixtiyorida mavjud sakkizta batareyani xizmatdan chiqardi. Ular Ukrainaga berilishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan maʼlumotlar mavjud.

    Израиль отправил в США 90 ракет «Патриот» для передачи Украине - Zamin.uz,  29.01.2025

    Keng ko‘lamli bosqindan so‘ng G‘arb davlatlari Ukrainani havo hujumlaridan himoyalash uchun Patriot tizimlari bilan taʼminlay boshladi. Ular Rossiya qurolli kuchlari tomonidan uchirilgan ballistik raketalarni tutib olishga qodir yagona kompleks hisoblanadi. Ukrainaliklar Sovet Ittifoqidan meros qolgan S-300 tizimi uchun raketalarni ishlatib bo‘ldi. Germaniyaning IRIS-T tizimi esa ballistik trayektoriya bo‘yicha parvoz qiladigan raketalarni tutib ololmaydi. Kiyevda nazariy jihatdan bunga qodir yana bir tizim – Fransiya va Italiya hamkorligidagi SAMP/T bor. Biroq u Patriot kabi yuqori samara ko‘rsatmaydi.

    Ukraina shu kunga qadar ittifoqchilaridan taxminan 8 ta kompleks qabul qilib olgan. Ulardan taxminan ikkitasi xizmatga qabul qilinmagani, qolgani esa asosan poytaxt Kiyevni himoya qilayotgani aytiladi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Patriot tizimlarini topshirish marosimida
    Foto: gov. ua

    Xabarlarga ko‘ra, tizim tahdidlarni bartaraf etishda 90-95 foiz aniqlik ko‘rsatgan. Ammo bu daʼvolarni mustaqil tasdiqlash imkonsizdir.

    8 iyul, 20:45   Izoh (0)   2434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Patriot#AQSH#Ukraina
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.