BMT Isroilni zamonaviy tarixdagi “eng mudhish genotsid” sodir etganlikda ayblamoqda. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

BMTning bosib olingan Falastin hududlarida inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanese eksklavdagi gumanitar vaziyatni apokalipsisga qiyosladi.
“Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlari zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genotsidlardan biri”, dedi Albanese.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashida so‘zga chiqqan Albanese o‘zining “Mustamlaka iqtisodiyotidan genotsid iqtisodiyotiga” nomli ma’ruzasini taqdim etgan. Unda Isroil istilosining iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek. Isroilga falastinliklarni majburiy ko‘chirish, ularni izolyatsiya va to‘liq nazorat qilish imkonini bergan iqtisodiy sharoitlar sanab o‘tilgan.
Albanesega ko‘ra, Isroil va AQSH ko‘magida tashkil etilgan G‘azo gumanitar jamg‘armasining yordami “o‘lim tuzog‘i”dan boshqa narsa emas.
“Bu jamg‘arma yordam berish sifatida emas, balki o‘limga yoki qochishga majburlash vositasi sifatida ishlab chiqilgan. U odamlarni butunlay yo‘q bo‘lib ketish darajasiga olib kelishga mo‘ljallangan”, dedi Albanese.
U rasmiy ma’lumotlarga tayanib, G‘azoda 200 mingdan ortiq odam halok bo‘lgani yoki yaralanganini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklar “1967-yildan beri eng katta majburiy ko‘chishni boshdan kechirayotgani” ta’kidlangan. Albanese dunyoning barcha davlatlarini Isroil harbiy sektori bilan hamkorlikni uzishga chaqirgan.
Izoh (0)