Daryo

Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

Prezident Bokuda Faxr xiyoboni va G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

2 daqiqa o‘qish5 112 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

U 3-iyul, Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Boku shahrida Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi va Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident xabarida ta’kidlanishicha, Haydar Aliyev haqli ravishda mustaqil Ozarbayjonning asoschisi hisoblanadi. Uning rahbarligida mamlakatning jadal rivojlanishi va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Uning davlat qurilishi va milliy suverenitetni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi Ozarbayjon tarixida alohida o‘rin tutadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev shu kuni Boku shahridagi G‘alaba bog‘iga ham tashrif buyurdi. O‘zbekiston yetakchisi G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Ozarbayjon poytaxti markazida joylashgan ushbu yodgorlik majmuasi mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi birinchi kuni qanday o‘tdi?

O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Boku shahriga 2-iyul kuni kelgandi. Uni Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. “Zagulba” qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. So‘ng O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani keng ko‘lamda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi.

Shu kuni Boku shahrida “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va anʼanalarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi. Davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida Sea Breeze dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar