Daryo

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

Davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vaziri birinchi o‘rinbosari va boshqa rasmiylar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish6 348 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif dasturiga muvofiq, 2—3-iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston prezidenti 4-iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti 2023-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga so‘nggi marta 2024-yil noyabrida amaliy tashrif bilan borgandi. Davlat rahbari Boku shahrida BMTning Butunjahon iqlim sammitida ishtirok etgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar