Daryo

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi ochilish marosimida qatnashdi

Bokudagi Kongress markazda davlat rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutladi.

1 daqiqa o‘qish3 280 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi shafeligida Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bokudagi Kongress markazda davlat rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutladi. Ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi boʻlib oʻtdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan taʼminlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari oʻrin olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti forum doirasidagi yetakchilar sammitida nutq soʻzlaydi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga 17-may kuni tashrif buyurgandi. Prezidentni Haydar Aliyev nomidagi aeroportda Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar