• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil va Eron uchun 12 kunlik urush qanchaga tushdi?

    Isroil va Eron o‘rtasida 12 kun davom etgan qurolli to‘qnashuv har ikki tomon uchun xarajatlarning keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatlarning hech biri sarflangan xarajatlarni rasman e’lon qilmagan, ammo mavjud ma’lumotlar zarar ko‘lamini taxminan baholash imkonini beradi.

    Foto:
    Foto: 16-iyun kun Isroilning Bney Brak shahriga berilgan zarbalardan so‘ng yosh bola vayronalar orasida yuribdi / AFP

    Isroil xarajatlari

    Yahudiy davlatining kunlik harbiy xarajatlari jangovar harakatlar shiddatiga qarab 800 million dollardan oshadi. Faol operatsiyalarning dastlabki ikki kunida taxminan 1,45 milliard dollar sarflangan, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ) nashri.

    Eng katta xarajat Eron tomonidan uchirilgan raketalarni tutib olishga ketgan. Masalan, David’s Sling va Arrow 3 kabi havo mudofaasi tizimlarining har bir raketasi Isroilga 700 ming dollar atrofida tushadi. Ayrim kunlarda birgina havo mudofaasiga 200 million dollargacha mablag‘ sarflagan.

    Shuningdek, F-35 qiruvchi samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan uzoq masofali (1300 km dan ortiq) jangovar parvozlar ham xarajatlarga olib kelgan. Har bir samolyotning bir soatlik parvozi taxminan 10 ming dollar turadi. Bunda boshqariluvchi o‘q-dorilar narxi hisobga olinmagan.

    Agar Isroil sulhni bekor qilib, mojaroni davom ettirsa, Isroilning bir oylik harbiy xarajatlari 12 milliard dollarga yetishi mumkin, deydi Aarondagi Iqtisodiy siyosat instituti.
    Foto:
    Foto: Isroilning Beer-sheba shahrida Eron raketasi tomonidan urilgan bino vayronalarida qurbonlar qidirilmoqda / AFP

    Qo‘shimcha iqtisodiy zarar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Hayfada joylashgan eng yirik neftni qayta ishlash zavodi vaqtincha yopildi
    • Ben-Gurion xalqaro aeroporti faoliyati to‘xtatildi
    • Qurilish ishlari to‘xtatildi, infratuzilmalarga zarar yetdi

    Isroil Soliq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 1,2 milliard dollardan ortiq mulkiy zarar uchun 35 mingdan ziyod ariza kelib tushgan va ularning soni ortishda davom etmoqda. Taxminan 9 ming fuqaro o‘z uylaridan evakuatsiya qilingan.

    Eronning xarajatlari

    Eron ham, rasmiy raqamlar yo‘qligiga qaramay, milliardlab dollarlik katta yo‘qotishlarga uchradi. Shundoq ham og‘ir sanksiyalar bosimi ostida bo‘lgan mamlakat iqtisodiyoti qo‘shimcha bosimni boshdan kechirmoqda.

    Foto:
    Foto: Isroilning 13-iyun kuni Tehron shahridagi turar-joy majmuasiga hujumida o‘t o‘chiruvchi o‘z hamkasblarini chaqirmoqda / AP

    Isroil razvedkasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Shehab yoki Sejjil tipidagi bitta o‘rta masofali raketani uchirish taxminan 5-6 million dollarga tushadi. Urushning atigi bir haftasi ichida Eron 370 ta shunday raketani uchirgan, ya’ni birgina o‘rta masofali raketalar uchun deyarli 2 milliard dollar sarflangan.

    Yahudiy davlati va AQSH hujumi oqibatida Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi asosiy yadroviy obyektlarga zarar yetgan. Fordo majmuasi Amerikaning GBU-57 teshib o‘tuvchi bombalari bilan kuchli zarbaga uchragan. Yer osti infratuzilmasi va sentrifugalar shikastlangan. Mutaxassislar bu joydagi zarar “juda katta” deya baholamoqda, lekin obyektning chuqur joylashgani sababli aniq miqdorni aniqlash qiyin.

    Kollaj:
    Kollaj: AQSH Fordo yadroviy poligonini (2025-yil) nishonga olganidan keyingi holat / New York Times

    Bir dona IR-1 rusumli Eron sentrifugasining narxi 50 ming dollardan oshadi. Yangi va samarador IR-2m, IR-4, IR-5, IR-6 modellari esa texnologik murakkabligi sababli 100 000 dollar yoki undan ham qimmatroq turadi.

    Isroil hujumi boshlanishidan oldin Natanzdagi zavodda uranni 60 foizgacha boyitadigan qariyb 50 mingta IR-4 va IR-6 ilg‘or sentrifugalari ishlab turgan. Isroil va Amerika zarbalari obyektni va u yerdagi barcha sentrifugalarni butunlay yo‘q qilishi mumkin edi. Shu tariqa Natanzdagi bitta obyektga yetkazilgan zarar 5 milliard dollardan oshib ketishi ehtimoli bor.

    Eron hujumlardan keyingi iqtisodiy yo‘qotishlar

    Eron yadro obyektlariga qilingan hujumlar nafaqat milliardlab dollarlik murakkab infratuzilmani qayta tiklash zaruratini yuzaga keltirdi, balki mamlakatning operatsion salohiyatiga ham katta zarba berdi. Sentrifugalar, uranni boyitish tizimlari va xavfsizlikka olingan inshootlarni tiklash — uzoq vaqt, katta mablag‘ va yuqori texnik ekspertiza talab qiladi.

    Shu bilan birga, evakuatsiya, yadroviy materiallarni tashish, qo‘riqlashni kuchaytirish va sug‘urta xavfini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar yuzaga keladi. Eron tomoni rasmiy moliyaviy hisob-kitoblarni taqdim etmagan bo‘lsa-da, xalqaro ekspertlarning umumiy fikriga ko‘ra, zarar nihoyatda jiddiy va uni bartaraf etish uchun katta miqdorda mablag‘ sarflanishi lozim.

    25 iyun, 11:04   Izoh (0)   4286
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#Isroil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nima uchun chamadon kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin?

    Layfstayl | 25 iyun, 18:30

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    Toshkentda hovuzdagi baliqni qo‘liga ushlab olgan shaxs o‘ziga eʼtiroz bildirgan ayolga so‘kindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 18:20

    “Biz dotatsiyali respublikadan oltin konlariga ega davlatga aylandik” — O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri

    O‘zbekiston | 25 iyun, 18:10

    Irlandiya bosib olingan Falastin hududlari bilan savdoni taqiqlaydi

    Dunyo | 25 iyun, 18:00

    Olimlar keksa insonlarning eng ko‘p nimadan afsuslanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi

    Layfstayl | 25 iyun, 17:55

    XVJ: O‘zbekistonda samarasiz bojxona imtiyozlari bekor qilinsa, iqtisodiy o‘sish 3,2 foizgacha oshadi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 17:46

    Gollivud yulduzi Liam Nisonning Nyu Yorkdagi kvartirasi 10,8 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

    Layfstayl | 25 iyun, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.