• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Qo‘shma Shtatlar Eronning yadroviy inshootlariga zarba berdi. Bu dunyoning turli nuqtalarida turlicha aks-sado berdi. Quyida xalqaro va davlatlar darajasidagi yetakchilarning ayrim fikrlari jamlangan.

    Donald Tramp Eronga zarbalarni Oq uydagi
    Donald Tramp Eronga zarbalarni Oq uydagi “Situatsion markaz”da kuzatib bordi
    Foto: Oq uy

    Donald Tramp Oq uydan turib amerikaliklarga murojaat qildi:

    “Biz zarbalarni muvaffaqiyatli yakunladik. Hamma samolyotlar endilikda Eron havo hududidan tashqarida. Bombalarning to‘liq yuklamasi asosiy nishon — Fordoga tashlandi. Barcha samolyotlar endi xavfsiz tarzda ortga qaytmoqda. Buyuk Amerika jangchilarimizni tabriklaymiz. Bunday ishni dunyodagi boshqa hech bir harbiy kuch bajara olmasdi. Eron endi tinchlikni tanlashi kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan ham kattaroq va ancha oson bo‘ladi. Yana ko‘plab nishonlar bor... Agar tinchlik tez orada kelmasa, biz ularni aniqlik, tezlik va mahorat bilan yo‘q qilamiz”.

    Isroil bosh vaziri Donald Trampga minnatdorlik bildirib, uni “tarixiy natija” bilan tabrikladi:

    “Tabriklayman, prezident Tramp. AQSHning qudratli va adolatli kuchi bilan Eron yadro inshootlariga zarba berish haqidagi jasur qaroringiz tarixni o‘zgartiradi... Tarix prezident Trampning dunyodagi eng xavfli rejimni dunyodagi eng xavfli qurolga ega bo‘lishdan to‘xtatganini qayd etadi”.

    Eron tashqi ishlar vaziri:

    “Qo‘shma Shtatlar — BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi — Eronning tinch maqsadlardagi yadro inshootlariga hujum qilib, BMT nizomi, xalqaro huquq va Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani jiddiy buzdi. Bugun ertalab yuz bergan voqealar g‘ayriinsoniy va dahshatli bo‘lib, ularning oqibatlari abadiy bo‘ladi. BMTning har bir a’zosi bu nihoyatda xavfli, qonunga zid va jinoyatkorona xatti-harakatdan jiddiy xavotirda bo‘lishi lozim. BMT nizomida o‘zini himoya qilishga ruxsat berilgan normalarga muvofiq, Eron o‘z suvereniteti, manfaatlari va xalqini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni saqlab qoladi”.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer:

    “Eronning yadroviy dasturi xalqaro xavfsizlik uchun jiddiy tahdiddir. Eronning yadro quroli ishlab chiqarishiga hech qachon yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQSH bu tahdidni kamaytirish yo‘lida choralar ko‘rdi. Yaqin Sharqdagi vaziyat hanuz beqaror bo‘lib qolmoqda va mintaqadagi barqarorlik biz uchun ustuvor masaladir. Biz Eronni muzokara stoliga qaytishga va ushbu inqirozni tugatish uchun diplomatik yechim topishga chaqiramiz”. 

    Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X tarmog‘ida mana shunday post qoldirdi:

    “Eron yadro quroli ishlab chiqishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu xalqaro xavfsizlik uchun tahdiddir. Men barcha tomonlarni orqaga chekinishga, muzokara stoliga qaytishga va keskinlikning yanada kuchayishining oldini olishga chaqiraman. Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari vaziyatni ertaga muhokama qiladi”. 

    Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba ham tomonlarni bosiqlikka chaqirdi: 

    “Mojaroni tezlik bilan yumshatish nihoyatda muhim. Biz u yerdagi vaziyatni katta xavotir bilan diqqat bilan kuzatmoqdamiz”.

    Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ham masalaga to‘xtaldi: 

    Tinchliksevar sifatida hokimiyatga kelgan AQSH prezidenti endi mamlakatni yana bir urushga olib kirdi. 

    Jiddiylashib borayotgan mojaro yuzasidan BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham munosabat bildirdi:

    “Bugun Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eronga nisbatan kuch ishlatilgani meni chuqur tashvishga solmoqda. Bu mintaqada allaqachon tang holatda bo‘lgan vaziyatda xavfli keskinlikni yanada kuchaytiradi va xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bevosita tahdid soladi.  Mojaro tez orada nazoratdan chiqib ketishi xavfi ortib bormoqda. Bu esa tinch aholi, mintaqa va butun dunyo uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Men barcha BMT a’zolarini vaziyatni yumshatishga va BMT nizomi hamda xalqaro huquq qoidalari doirasidagi majburiyatlarini bajarishga chaqiraman. Bu xavfli pallada eng muhimi — tartibsizliklar girdobiga tushib qolmaslikdir. Harbiy yechim yo‘q. Yagona yo‘l — diplomatiya. Yagona umid — tinchlik”.

    Eron Qo‘shma Shtatlarni Isroil bilan mojaroga aralashishdan ogohlantirib, uning mintaqadagi harbiy bazalalari nishonga olinishini aytgan edi. Hozircha  Tehron Isroilga taxminan 30-40 ta ballistik raketa uchirish bilan kifoyalandi. Ulardan 10 tasi havo mudofaa tizimlaridan o‘tgani xabar qilindi. Natijada Tel Aviv va Hayfa shaharlariga talafot yetgan.

    22 iyun, 16:24   Izoh (0)   5192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Eron#Isroil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.