Suriya poytaxti Damashq shahridagi cherkovda 22-iyun kuni xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters
Hodisa Mar Elias nomli grek pravoslav cherkovida yuz bergan. Suriya Ichki ishlar vazirligi hujum ijrochisi ISHIDga aloqador ekanini maʼlum qilgan. Terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni turlicha.
SANA agentligiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan 9 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi jarohatlangan. Suriyadagi boshqa manbalar qurbonlar soni 20 dan ortishini xabar qilmoqda.

Foto: Syria Watan
Dastlabki ma’lumotlarga asosan xudkush terrorchi o‘tkinchilarga qarata avtomatdan o‘t ochgan. Shundan so‘ng bino ichidagi portlovchi modda o‘rnatilgan kamarni ishga tushirgan.
Maʼlumot o‘rnida, bu hujum 2024-yil dekabr oyida Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan beri Damashqdagi ilk xudkush hujumi hisoblanadi.

Foto: Syria Watan

Foto: Syria Watan

Foto: Syria Watan

Foto: Syria Watan
Izoh (0)