Daryo

Isroil Eronga hujum qilib, G‘azo bo‘yicha muzokaralar jarayonini izdan chiqardi — Qatar TIV

Unga ko‘ra, ijobiy yo‘nalishga qaytishning yagona yo‘li mintaqadagi keskinlikni yumshatish va diplomatik aloqalarni tiklash yo‘llarini izlashdir

1 daqiqa o‘qish8 114 ko‘rishlar0 izoh0

Eron-Isroil urushi G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqardi. Bu haqda bosh vazir maslahatchisi, Qatar TIV rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“G‘azo sektorida ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bizning baholarimizga kelsak, biz Eron va AQSH o‘rtasida, shuningdek, (Falastin harakati) HAMAS va Isroil o‘rtasida ijobiy o‘zgarishlarni kuzatgan edik. Bu ijobiy jarayon Isroilning Eronga hujumi tufayli buzildi. Shu bois ushbu ijobiy yo‘nalishga qaytishning yagona yo‘li mintaqadagi keskinlikni yumshatish va diplomatik aloqalarni tiklash yo‘llarini izlashdir. Ayni paytda biz aynan shu masala ustida ishlamoqdamiz”, deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Isroil Mudofaa kuchlari joriy yilning yanvarida o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini bekor qilib, G‘azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshladi. Qatar, Misr va AQSH vositachiligidagi bir necha bosqichli muzokaralardan so‘ng Falastinning HAMAS harakati va Isroil yarash shartlarini kelisha olmadi.

Isroil 13-iyunga o‘tar kechasi Eronning yadro dasturiga qarshi “Isyonkor sher" operatsiyasini boshladi. Bir sutkadan kam vaqt o‘tgach, Islom Respublikasi javob hujumini amalga oshirdi. Keyingi kunlarda Isroil va Eron o‘zaro zarba berishni davom ettirdi. Ikkala tomon ham ushbu hujumlar natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar borligini ma’lum qildi, o‘z hududlaridagi bir qator obyektlarga zarba yetkazilganini tan oldi, ammo yetkazilgan zarar cheklangan ekanini ta’kidladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar