Daryo

“G‘azoda Qatar va Turkiya askarlariga o‘rin yo‘q” — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri sektorda Tramp boshchiligida shakllantirilayotgan xalqaro kuchlar tarkibiga norozilik bildirdi.

2 daqiqa o‘qish4 278 ko‘rishlar0 izoh2

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 19-yanvar kuni bergan bayonotida urushdan keyingi G‘azo sektorida Turkiya va Qatar askarlari uchun joy yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, u Falastin anklavi uchun AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan maslahat kengashi tarkibiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azodagi urushni yakunlashga qaratilgan 20 banddan iborat rejasi doirasida Oq uy o‘tgan haftada bir nechta tuzilmalar tuzilishini e’lon qilgan edi. Ular quyidagilar:

  • shaxsan Tramp raislik qiladigan “Tinchlik kengashi”;
  • Falastin texnokratik qo‘mitasi;
  • maslahat beruvchi rolga ega bo‘lgan “G‘azo ijroiya kengashi”.

Netanyaxu aynan shu “G‘azo ijroiya kengashi” tarkibidan norozi ekanini bildirib kelmoqda. Isroil hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektori hozirda “Tramp rejasi”ning ikkinchi bosqichi arafasida turibdi.

“Ikkinchi bosqich birgina oddiy narsani anglatadi: HAMAS qurolsizlantiriladi va G‘azo demilitarizatsiya qilinadi. G‘azo sektorida na turk va na qatar askarlari bo‘ladi”, dedi Netanyaxu.

U ushbu bayonoti orqali Tramp rejasi doirasida tuzilishi ko‘zda tutilgan “Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari”ga ishora qildi. Mazkur harbiy kontingent G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash va HAMASning o‘rnini egallaydigan yangi politsiya kuchlarini tayyorlash bilan shug‘ullanishi kerak. Biroq ushbu kuchlar tarkibiga aynan qaysi davlatlar askarlari kirishi hali aniq emas.

Tramp 16-yanvar kuni amerikalik generali Jasper Jeffersni G‘azodagi barqarorlashtirish kuchlari rahbari etib tayinlagandi. Netanyaxu 19-yanvar kuni AQSH bilan munosabatlar haqida to‘xtalib, shunday dedi:

“G‘azodagi jarayonlarga hamrohlik qiluvchi maslahat kengashining tarkibi bo‘yicha amerikalik do‘stlarimiz bilan ma’lum bir kelishmovchiliklar bor”.

E’tiroz nimada?

Netanyaxu idorasi 17-yanvar kuni “G‘azo ijroiya kengashi” tarkibiga Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va qatarlik diplomat Ali at-Tavadiy, shuningdek, boshqa mintaqaviy va xalqaro mulozimlar kiritilganiga e’tiroz bildirdi.

“Bosh vazir tashqi ishlar vaziriga ushbu masala bo‘yicha AQSH davlat kotibi bilan bog‘lanishni topshirdi”, deyiladi Isroil tomoni bayonotida.

E’tiroz sabablari rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, Isroil urushdan keyingi G‘azoda Turkiyaning har qanday roliga keskin qarshi chiqmoqda. Sababi 2023-yil oktyabr oyida urush boshlanganidan buyon Isroil va Turkiya munosabatlari keskin yomonlashgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar