Daryo

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohatlandi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish3 358 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyatining Konimex tumani, “Sarjal” MFY hududidan o‘tuvchi A-379 Navoiy—Uchquduq yo‘lining 86-87-kilometrlarida 7-mart kuni soat 09:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada u o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida Damas yo‘lovchisi tan-jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumanida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchi hamda yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar