Daryo

Navoiyda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish4 036 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani, Toshrabot qo‘rg‘oni, “Qalʼai Azizon” MFY hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lida 24-fevral kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Maʼlum qilinishicha, haydovchi N.U. boshqaruvida bo‘lgan Malibu avtomashinasida ichki ko‘chadan harkatalanib chiqayotib, birinchi darajali yo‘ldan harkatalanib kelayotgan haydovchi N.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashgan. 

Buning natijasida yo‘lning chekka qismida turgan Damas, Nexia-3 va Lacetti avtomashinalarga kelib urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar