Daryo

Maosh 3000 yevro: o‘zbekistonliklarga Germaniyada ish taklif qilinmoqda

Aviachipta ish beruvchi hisobidan

1 daqiqa o‘qish49 139 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonlik avtobus haydovchilari uchun Germaniyada yuqori maoshli ish taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Migratsiya agentligi Germaniyaning PersonaFAIRmittlung tashkiloti bilan hamkorlikda avtobus haydovchilari uchun ish o‘rinlarini taklif qiladi. Oylik: 3000 yevro (soliqlar ushlab qolingandan so‘ng — 2000 yevro atrofida). Ish o‘rinlari: 300 ta

Nomzodlarga talablar:

  • yosh chegarasi: 23-43;
  • BC haydovchilik guvohnomasi;
  • nemis tilidan A2 yoki B1 daraja xalqaro til sertifikati;
  • sudlanmagan va jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Imtiyozlar:

  • vizani rasmiylashtirish;
  • aviachipta;
  • aeroportdan ish joyigacha transfer.

Qayd etilishicha, tanlab olingan nomzodlarga Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan (viza jarayoni boshlanganda 1 oy) SBH Wyest tashkiloti ko‘magida “Vatanparvar” markazida kasbiy nemis tili o‘qitiladi va qayta tayyorlov kurslari o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.

Bundan avval 2024-yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi sifatida ishga taklif etilgandi. 

Xorijdan ishga takliflar:

Litva korxonalari bilan 200 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgandi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar Yaponiyaga logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga yuborilishi aytilgandi. 

O‘zbekistonda 2018—2023-yillarda aholi daromadining 16 foizi migrantlar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Chet ellarda ishlayotgan yurtdoshlar har yili O‘zbekistonga o‘n ikki-o‘n besh milliard dollar jo‘natadi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar