Daryo

Maosh 2,5 ming yevro: o‘zbekistonlik shifokorlar Sloveniyaga ishga chaqirilmoqda

Transport, ovqatlanish, tibbiy sug‘urta ish beruvchi hisobidan. Ish stajiga qarab qo‘shimcha bonuslar beriladi

2 daqiqa o‘qish6 296 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik shifokorlar Sloveniyaga yuqori maoshli o‘rinlarga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Migratsiya agentligi hamda Sloveniyaning “Zdravstveni dom tolmin” sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan shifokorlar uchun ish taklif etilmoqda. Yo‘nalishlar:

  • umumiy (oilaviy) amaliyot shifokori
  • shoshilinch tibbiy yordam
  • pediatriya (bolalar shifokori)
  • ginekologiya.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • “Tibbiyot” fakultetining bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lish;
  • Tibbiyot va diagnostika bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lish;
  • Jamoada ishlash va bemorlar bilan muloqot qilish ko‘nikmasi;
  • Suhbat ingliz tilida o‘tkaziladi;
  • Ishga qabul qilingach, sloven tilini o‘rganish talab etiladi.

Umumiy talablar:

  • tibbiy ma’lumot va yo‘nalish bo‘yicha diplom;
  • ingliz tilida erkin muloqot qila olish;
  • sudlanmaganlik;
  • O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi.

Ish beruvchi tomonidan taqdim etiladi:

  • oylik ish haqi — 2 500 yevro;
  • tibbiy sug‘urta;
  • ovqatlanish va transport xarajatlari qoplab beriladi;
  • yillik mehnat ta’til bonusi;
  • malaka oshirish imkoniyatlari (pullik treninglar);
  • ish stajiga qarab qo‘shimcha bonuslar.

Nomzodlar ingliz yoki sloven tilida tayyorlangan CV topshirishi kerak. CV’da quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • ishlagan muassasa nomi;
  • faoliyat yuritgan yillar (masalan, 2019–2022);
  • egallagan lavozim va bajargan vazifalar.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tish ishga qabul qilinishni kafolatlamaydi. Nomzodlar ish beruvchidan talabnoma kelganda tanlov asosida saralanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkinligini ma’lum qilgandi. 

2025-yil holatiga ko‘ra, Sloveniya rekord darajadagi past ishsizlik (taxminan 3,2–3,5 foiz) va yuqori bandlik darajasiga ega. Bu holat mahalliy mehnat bozorida bo‘shliqlarni keltirib chiqaryapti.

Qurilish, sog‘liqni saqlash, mehmonxona va restoranlar, ishlab chiqarish, ta’lim va axborot texnologiyalari yo‘nalishida ishchi kuchi yetishmovchiligi borligi ta’kidlangan. 

O‘zbekiston—Sloveniya munosabatlari 

Sloveniya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1995-yil 16-yanvarda o‘rnatilgan. 2024-yil oktyabr oyida Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 2024-yilda ikki tomonlama savdo hajmi 175 million dollardan oshdi, bu 2023-yilga nisbatan 25 foizga o‘sishni anglatadi . 2025-yilning birinchi choragida esa savdo hajmi 127 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47,8 foizga o‘sdi.

Sloveniya Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida O‘zbekiston uchun Yevropa bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim sherik hisoblanadi.

O‘zbekistonlik hamshiralar AQSHga ishlash uchun yuboriladi

Bu haqda Migratsiya agentligi direktor o‘rinbosari Azimjon Husanov va New Future Succyess Academy xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan. 2030-yilgacha AQSHda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud.

O‘zbekistonda 2018—2023-yillarda aholi daromadining 16 foizi migrantlar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Chet ellarda ishlayotgan yurtdoshlar har yili O‘zbekistonga o‘n ikki-o‘n besh milliard dollar jo‘natadi. 

O‘zbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga taklif qilinmoqda

Jami ish o‘rni 10 ta, ish haqi oyiga 2750 dollarni tashkil etadi.

Ish uch smenali tizimda amalga oshirilib, haftasiga 48 soat, 6 kunni tashki etadi. Nomzodlar uchun shartlar: 18−50 yosh oralig‘ida bo‘lish, tibbiyot sohasida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish hamda ingliz tilini mukammal bilish.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar