Daryo

Maosh 2000 yevro: o‘zbekistonliklar Latviyaga ishga chaqirilmoqda 

Nomzodlar uchun ish o‘rinlari soni cheklangan

1 daqiqa o‘qish42 976 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonliklar Latviyaga yuqori maosh evaziga ishga chaqirilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Foto: Passportivity

Unda aytilishicha, Migratsiya agentligi va Latviyaning “Sia Kreiss” korxonasi yuk avtomobili haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Ish turi: yuk avtomobili haydovchisi (E-kategoriya). Oylik 1,6 ming yevrodan ikki ming yevrogacha. Ish o‘rinlari soni 40 ta. 

Nomzodlarga qanday talablar bor?

  • 18-55 yosh oralig‘ida;
  • rus tilini muloqot darajasida bilish;
  • O‘zbekistondan chiqishga taqiqi bo‘lmasligi;
  • kamida 1 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi;
  • sudlanmagan.

Fuqaro hisobidan:

  • viza xarajatlari;
  • aviachipta;
  • Agentlik to‘lovi 10 BHM;
  • ovqatlanish. 

Ro‘yxatdan o‘tib anketa to‘ldirish

Bundan avval 2024-yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi sifatida ishga taklif etilgandi. 

Xorijdan ishga takliflar:

Litva korxonalari bilan 200 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgandi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar Yaponiyaga logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga yuborilishi aytilgandi. 

O‘zbekistonda 2018—2023-yillarda aholi daromadining 16 foizi migrantlar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Chet ellarda ishlayotgan yurtdoshlar har yili O‘zbekistonga o‘n ikki-o‘n besh milliard dollar jo‘natadi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar