Daryo

Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi bilan telefon orqali suhbatlashdi. Nimalar muhokama qilindi?

O‘zbekiston—AQSH ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzulari muhokama qilindi

1 daqiqa o‘qish6 102 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston—AQSH ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzulari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSH Davlat departamenti mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib olindi. 

“Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni taʼminlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi”, deb yozadi vazir.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar