Daryo

Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

1 daqiqa o‘qish2 860 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Mattias Follert tayinlandi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Germaniyani Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlardan biri sifatida yuksak qadrlaydi. So‘nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar natijasida O‘zbekiston–Germaniya munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan.

Baxtiyor Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

2024-yil iyulida Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangandi. TIV rahbari elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar