O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda elchining O‘zbekistondagi faoliyati davomida oliy darajadagi tashrif va uchrashuvlar muvaffaqiyatli tashkil etilgani, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot mustahkamlangani hamda O‘zbekiston–Germaniya ko‘p qirrali hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Shuningdek, Germaniya elchisiga O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi hamda uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.
Manfred Huterer 2024-yil iyulda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangandi. U 2019—2023-yillarda Belarusdagi elchi vazifasida ham ishlagan.








