Daryo

Toshkentda Gentra skuterni urib yubordi

Shuningdek, Mirobod tumanida Cobalt va Honghi o‘zaro to‘qnashdi

1 daqiqa o‘qish5 200 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida 31-yanvar kuni skuter hamda Gentra ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida skuter haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, 31-yanvar kuni soat 12:53 larda Mirobod tumani, Nukus — Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi 1992-y.t. A.R. boshqaruvidagi Cobalt va haydovchi 1968-y.t. boshqaruvidagi Hongqi to‘qnashgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Hodisa oqibatida Hongqi haydovchisi tan-jarohat olgan va unga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar