Daryo

Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi intizomiy jazoga tortildi

O‘quvchi maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar ro‘yxatida turishi aniqlandi

1 daqiqa o‘qish23 375 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida informatika o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisini kaltaklagandi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘qituvchi intizomiy jazoga tortilganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchi O.S. dars vaqtida o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani, o‘quvchilarga dasrni o‘zlashtirishda xalaqit bergani sababli, o‘qituvchi M.A. tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan. Shunga qaramay O.S turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan o‘qituvchini haqorat qilgan.

Natijada o‘qituvchi dars tugagach o‘quvchini jazolamoqchi bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzaga kelgan.

Holatni shu kunning o‘zida maktab ma’muriyati nazoratga olgan, o‘qituvchining xatti-harakatini qoralab, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. O‘quvchining ota-onasi ham maktabga chaqirlirilgan, ogohlantirilgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, o‘quvchi O.S. sentyabr oyida ham maktabda tartibsizlik qilgani sababli uning ota-onasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan. Ayni paytda, o‘quvchi maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar ro‘yxatida turadi.

Maktabdagi janjallar

Avvalroq Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolangani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olindi.

Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidagi maktabda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisini urib jarohatladi. Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashgani tasvirlari tarqaldi. Algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ikki qiz o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun sudga berilgan.

Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar