Daryo

Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini haqorat qilib, do‘pposladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish14 412 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi informatika o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Aniqlanishicha, hodisa 9-oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabida sodir bo‘lgan. 

Informatika fani o‘qituvchisi M.A (1990-yilda tug‘ilgan erkak) mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan Q.S.ni (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itganligi tufayli haqorat qilib, do‘pposladi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan Q.S.ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘quvchilar o‘rtasida mushtlashuvlar

2022-yilning oktabrida ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Kosonsoy tumanida maktab o‘quvchilari mushtlashuvi aks etgan tasvirlar tarqalgandi. Noyabrda esa Toshkentda o‘quvchilar futboldagi janjal sabab mushtlashib ketgan edi. Keyinroq poytaxt IIBB voqeaga munosabat bildirib, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Toshkentda maktab o‘quvchilari “Amerika kinosiga taqlid qilib” mushtlashuv uyushtirgani, Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan ikki maktab o‘quvchisi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

2023-yilning iyun oyida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan maktablarning birida o‘quvchi yigit bir necha tengdoshlari tomonidan kaltaklangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar