Daryo

O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi

Ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga oshgan

2 daqiqa o‘qish12 948 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 foizga oshgan.

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston – 1 878,5 ming nafar; 
  • Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar; 
  • Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;
  • Rossiya – 686,7 ming nafar;
  • Turkmaniston – 145,0 ming nafar;
  • Turkiya – 95,7 ming nafar;
  • Xitoy – 57,7 ming nafar;
  • Hindiston – 55,9 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;
  • Italiya – 36,3 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
Tashrifi oshib borayotgan sayyohlar

O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. 

2024-yilning boshidan turistlar oqimi har oy salmoqli oshib bormoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 2024-yilning yanvar oyida 4 601 nafar fuqaro turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Yanvar-mart oylarida jami 1 mln 519,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan.

5 oyda esa 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan. Shularning, 10,6 ming nafari AQSHdan kelgan.

6 oyga kelib esa 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurdi. 1-oktyabrgacha esa jami 5,7 mln nafar keldi.

Iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oshishi tabiiyligi, lekin turistlar uchun “magnit” bo‘ladigan birorta zamonaviy akvapark yo‘qligi qayd etilgan edi. Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan festivallar kalendar rejasini takomillashtirish, chet ellik mashhur ijrochilar konsertini o‘tkazishga talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. 

Shuningdek, mutasaddilarga qo‘shni davlatlardagi hamkasblari bilan chegaradan o‘tishni yana yengil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazish topshirildi.

  • Eng muhim masalalardan biri – sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy uyoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
  • Mutasaddilarga barcha qatnovlar haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.
  • Bunda chiptalarni tabaqalashgan narxda kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar