Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.
Musobaqaning para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Roza Qo‘ziyeva 147 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, Roza bahslar davomida ikki marotaba paralimpiya o‘yinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. Lekin braziliyalik Mariana D‘Andrea 148 kg natija bilan yakunda eng yaxshi natijani ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Roza Qo‘ziyeva Tokio Olimpiadasida ham kumush medalga sazovor bo‘lgandi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining kumush medallari 9 taga yetdi.
Izoh (0)