Sankt-Peterburgdagi Krasnoye Selo shahrida uch nafar chet ellik bola “Mangu olov”ni qor bilan o‘chirib qo‘ydi. Endi bolalar va ularning oilasi Rossiyadan deportatsiya qilinishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Fontanka”.

Voqea 10-dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Nashr e’lon qilgan videolavhada o‘smirlardan biri “Mangu olov” ustiga hovuchlab qor tashlagani, yana ikki nafari esa uni olqishlab turganini ko‘rish mumkin.
Politsiya aniqlashicha, bolalardan ikki nafari aka-uka bo‘lib, 10 va 14 yoshda, uchinchi bola esa 12 yoshda.
Bolalar va ularning ota-onalari qo‘shni davlatlardan birining fuqarolari bo‘lib chiqdi, — deyiladi politsiya xabarida.
Baza aniqlik kiritishicha, ular — O‘zbekiston fuqarolari.
11-dekabr kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi bolalarning oilasi kerakli hujjatlarsiz Rossiya hududida bo‘lib turganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan politsiya ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sudga murojaat qilmoqchi.
Rossiyaning turli shaharlarida politsiya doimiy ravishda “Mangu olov”ga nisbatan har qanday harakatlarni sodir etgan odamlarni hibsga oladi. Odatda, ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida protokollar tuziladi, ammo jinoiy ishlar ham keng tarqalgan.
Izoh (0)