Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 23-turida “Bavariya” 4-fevral, shanba kuni “Shtutgart”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 39-daqiqasida Matteys de Ligt hisobni ochdi. 62-daqiqada Erik Shupo-Moting myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 88-daqiqada esa Xuan Perea hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol “Shtutgart”ga yetarli bo‘lmadi.

Yulian Nagelsmann jamoasi ochkolari sonini 49 taga yetkazib, musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi. Ikkinchi o‘rindagi “Borussiya D” hisobida ham 49 ochko mavjud. 

Bundesliga

23-tur bahsi

4-mart, shanba

“Shtutgart” – “Bavariya” 1:2

Gollar: 0:1 – 39 de Ligt, 0:2 – 62 Shupo-Moting, 1:2 – 88 Perea.

“Shtutgart”: Bredlov, Anton, Zagadu (Narti, 85), Mavropanos, Ito, Karazor (Miyo, 85), Xaraguti, Endo, Jil Diash (Kulibali, 46), Fyurix (Tiagu Tomash, 74), Mvumpa (Perea, 74).

“Bavariya”: Zommer, Stanishich, Upamekano, de Ligt, Goretska (Gravenberx, 82), Kimmix, Devis, Shupo-Moting (Mane, 63), Myuller (Pavar, 82), Koman (Gnabri, 63), Musiala (Sane, 63).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim