Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda endilikda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorong‘i qismida kelgusida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaning taʼkidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan taʼminlanadi.

Avvalroq O‘zbekistonda soatiga 60 km tezlik belgisi o‘rnatilgan joylarda kameralar ushbu cheklangan tezlik bo‘yicha jarimalarni qayd etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga ko‘ra, shaharlarda eng yuqori tezlikni soatiga 10 km ga kamaytirish o‘lim darajasini yiliga 0,8 kishiga (har 100 000 kishiga) kamaytirishda yordam beradi. O‘zbekiston uchun bu 614 nafar insonning hayotini saqlab qolish deganidir.

Mavzuga doir
Izoh

Abduvohid Badalov

1 mart, 13:46

shun orniga kochalarga chiroqlar qoysa yaxshimasmi

Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)