Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tottenhem” Premyer Liganing qoldirilgan 7-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Birinchi bo‘limda ikkita gol urishga erishgan “shporlar” tanaffusdan keyin o‘z darvozasidan to‘rtta to‘p olib chiqib, mag‘lubiyatga uchradi (2:4).

“Tottenhem” APLda 2009-yilning aprelidan keyin ilk bor birinchi bo‘limdan so‘ng ikki va undan ortiq to‘p farqi bilan oldinda borib yakunda yutqazib qo‘ydi. 14 yil avval London klubi shunday holatda “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘lgandi.

“Tottenhem” Premyer Liga joriy mavsumida top-6 lik jamoalariga (“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Liverpul”) qarshi o‘yinlarda 18 imkoniyatdan bor-yo‘g‘i 1 ochko to‘play oldi.

Antonio Konte jamoasi yagona ochkoni “Chelsi”ga qarshi bahsda (2:2) qo‘lga kiritgan. Qolgan beshta o‘yin boy berilgan: “Arsenal”ga ikkita o‘yinda ham yutqazdi (0:2 va 1:3), shuningdek, “Manchester Yunayted” (0:2), “Liverpul” (1:2) va “Manchester Siti” (2:4) to‘sig‘idan o‘tolmadi.

London jamoasi 33 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

Avvalroq “Tottenhem” 2022/23-yilgi mavsum oxirida Antonio Konte bilan xayrlashish niyatida ekani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi