Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple real dunyoda bildirishnomalar va boshqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklarini namoyish qilishni noma’lum muddatga kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Foot: Bloomberg

Foot: Bloomberg

Apple dastlab virtual reallik shlemi paydo bo‘lgandan so‘ng ko‘zoynak chiqarishga umid qilgan edi. Bloomberg avvalroq kompaniya uni 2023-yilda taqdim etishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. 

Lekin Apple ko‘zoynaklar chiqarishning mumkin bo‘lgan sanasini 2025-yilga kechiktirgan va ko‘zoynaklar bo‘yicha rejalar butunlay to‘xtatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple ko‘zoynak o‘rniga virtual reallik shlemini arzonroq versiyasini ishlab chiqishga e’tibor qaratadi.

Ko‘zoynak rejalarining o‘zgarishi Apple yangi bozorga kirishda duch kelayotgan texnologik qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. 

Agentlikning yozishicha, Apple kompaniyasining odamlar kun bo‘yi taqib yurishi mumkin bo‘lgan yengil texnologiyali ko‘zoynak yaratish orzusi endi ko‘p yillik tasavvurga aylanib qolgan. 

Kompaniya ko‘zoynaklar kelajakda iPhone o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblaydi.

Apple ishlab chiqarishga tayyorlanayotgan virtual reallik shlemlari foydalanuvchilarga raqamli makonda yashash imkonini beradi: odamlar endi bunday shlemlardan virtual makonda o‘yin o‘ynash, video tomosha qilish va muloqot qilish uchun foydalanmoqda. 

Bozorda allaqachon dominant mahsulot mavjud — Meta kompaniyasi mahsuloti. Meta shlemi taxminan 1 500 dollar turadi, Apple’ning birinchi shlemi esa ilg‘or ekranlar, 10 dan ortiq kameralar, kuchli protsessor va alohida grafik chipdan foydalanish hisobiga taxminan ikki barobar qimmatga tushishi kutilmoqda. 

Shu sababli Apple Meta bilan raqobatlasha oladigan ko‘proq budjet versiyasini yaratmoqchi.

Apple 17-yanvar kuni MacBook Pro noutbuklarining yangi versiyalarini taqdim etdi va ularga yangi, kuchliroq M2 Pro va M2 Max protsessorlarini qo‘shdi. 

Bundan tashqari, kompaniya M2 mikrosxemasi va bir xil M2 Pro’ga ega modellarni taklif etuvchi Mac mini-kompyuterlarini yangiladi.

 

Mavzuga doir: Apple uchinchi o‘rinda: O‘zbekistonda 2022-yilda texnologik kompaniyalar qancha soliq to‘lagan?

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan