Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pul va shon-shuhrat ham mashhurlarning hayotdagi qiyinchiliklari uchun ishonchli qalqon bo‘la olmaydi. Wday nashri dunyoga mashhur, ammo hayoti qiyinchiliklarga boy bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot beradi.

Kianu Rivz

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktyor Jennifer Saym bilan 1998-yilda uchrasha boshlagan, bir yildan so‘ng uning sevgilisi farzand kutayotgan edi, ammo ularning qizi Ava Archer Saym-Rivz o‘lik tug‘ilgan. Rivz va Jennifer birgalikda bunday fojiani ko‘tara olmaydi va ajrashishga qaror qildi. 2001-yilda giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgan Saym avtohalokat natijasida vafot etdi.

Besh yil o‘tgach, aktyor shunday deydi: “Men ularni sog‘indim, chunki ular mening hayotimning, men esa ularnikining bir qismi edim. Qiziq, agar ular tirik bo‘lganida hayotimiz qanday bo‘lardi, biz nima qilayotgan bo‘lar edik? Men hech qachon sodir bo‘lmaydigan narsalarni sog‘indim”.

Rivzning hayotidagi yo‘qotishlar uning faoliyatiga ta’sir qildi. Aktyorga taklif tushishi kamayib bordi. Ammo osoyishtalik yillari o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli loyihalarga bo‘shatib berdi. Aktyor o‘tmishdagi qayg‘ularni yengib, faoliyatini qayta boshlashga muvaffaq bo‘ldi.

Sharliz Teron

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bu go‘zal va muvaffaqiyatli ayolga qarab, u ham qachonlardir og‘ir kunlarni boshdan kechirganiga ishonish qiyin. Sharliz Janubiy Afrikada o‘sgan. Uning otasi, ichkilikka berilgan va zolim inson bo‘lib, bir kuni akasi bilan uyga mast bo‘lib kelgan va Sharliz hamda uning onasi Gerdani o‘ldirish bilan tahdid qilingan. Qiz esa onasi otasini otib, akasini yaralaganiga guvoh bo‘ldi. Sud voqeani o‘zini himoya qilish deb topdi va onasini qotillik ayblovidan ozod qildi.

Aktrisa ABC News telekanaliga bergan intervyusida shunday deydi: “Men nima bo‘lganini ko‘rdim. Agar qizim hozir xuddi shunday holatda bo‘lganida, men ham onam kabi ish qilgan bo‘lardim. O‘ylaymanki, bu vaziyatdan chiqish uchun menga uzoq vaqt kerak bo‘ldi, chunki bu siz bilan sodir bo‘lishi mumkinligini hech qachon tasavvur qilmaysiz. Odatda odamlar buni boshqa birov bilan sodir bo‘lishi mumkin deb o‘ylashadi, lekin o‘zlari bilan emas.

Jim Kerri

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2000-yillarning boshlarida Jimning hayotida nima sodir bo‘lgani noma’lum, shuning uchun uning karyerasi 90-yillarda bo‘lgani kabi noto‘g‘ri yo‘nalishda keta boshladi. Ehtimol, ichki nizo Jimning jiddiy dramatik aktyor bo‘lishni xohlaganligi bilan bog‘liqdir.

Intervyulardan birida aktyor uning orzusi “Oskar” ekanini aytadi, ammo u ekranda paydo bo‘lganda faqat kulgiga sabab bo‘lsa, qanday qilib orzu qilingan haykalchani olish mumkin? Biroq Jim dramalar uchun mukofot olmadi.

Aktyorning hayotidagi eng katta zarba 2015-yilda, uning sobiq sevgilisi Katriona Uayt katta dozada kuchli ta’sir ko‘rsatadigan dorilarni qabul qilib, o‘z joniga qasd qilganida yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz onasining maktubi ta’sirida o‘zini o‘ldirishga qaror qilgan, xatda u qizini Gollivud yulduzi Jim bilan munosabatlarni qura olmagani uchun haqorat qilgan.

Jimning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqealar tufayli u hali ham chuqur tushkunlikda. “Men uni har doim kuchli ayol deb bilganman va u ajralishimizga bardosh berishiga amin bo‘lganman, ammo unga qattiq zarba berganimga shubha qilmayman”, — deydi aktyor.

Rouz Makgouen

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Aktrisaning bolaligi Italiyada “Xu.doning bolalari” deb nomlangan sektada o‘tgan. Ota-onasi Italiyani tark etib, AQSHga ko‘chib o‘tganda Rouz 10 yoshda edi. Biroq bu uning ishini osonlashtirmadi, to‘rt yil o‘tgach, Rouz giyohvandlarni davolash klinikasidan edi.

Keyinchalik aktrisa aytganidek, u giyohvand emasdi, lekin onasi qizini giyohvand deb da’vo qilgan sevgililaridan biriga ishondi. Rouz klinikadan buvisining oldiga qochib ketdi, so‘ngra u yerdan ham ko‘p o‘tmay vafot etgan yigit bilan qochdi.

Shu bilan birga, aktrisaning omadsizligi uni tark etmadi — 2007-yilda u avtohalokatga uchradi, ko‘zoynakdan singan shisha uning ko‘zi va yuzining bir qismiga zarar yetkazadi. Bir nechta estetik operatsiyalardan so‘ng ham yuzi avvalgi holiga qaytmaydi.

Shanayya Tveyn

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Boyligi 400 million dollarga baholangan qo‘shiqchi Kanadaning Timmons nomli kichik shaharchasida shu qadar kambag‘al oilada o‘sganki, ularning hech qachon ovqatga puli bo‘lmagan.

21 yoshida ota-onasi avtohalokatda vafot etdi, singlisi va ikki ukasini parvarish qilish og‘irligi butunlay uning yelkasiga tushdi. U buni uddaladi va 10 yil o‘tgach, 1997-yilda Amerika musiqasi tarixidagi eng ko‘p sotilgan albomlardan biriga aylangan Come On Over albomini yozdi.

Uning hayoti iziga tushgan vaqt — 2008-yilda yana bir kutilmagan voqea sodir bo‘ldi: uning prodyuser Mett Lang bilan nikohi 14 yillik turmushdan keyin buzildi. Ma’lum bo‘lishicha, Mett o‘z xotiniga uning dugonasi Meri Enn Tibod bilan xiyonat qilgan. Baxt yordam bermasa, baxtsizlik yordam beradi — Shanayyaning o‘zi Meri Ennning sobiq eri Frederik bilan turmush qurdi.

Maykl Duglas

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu aktyor har doim yetarlicha qiyinchiliklarga duch kelgan. 36 yoshida tog‘dan chang‘i uchayotganda shunday halokatga uchraganki, natijada karyerasini uch yilga to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri kelganini eslashning o‘zi kifoya.

Biroq Maykl tuzalib ketdi va 40 yoshida o‘zining asosiy filmlarida, jumladan, “Uoll-strit” va “Asosiy instinkt” filmlarida rol o‘ynadi. Bir necha yil oldin Duglas yana jiddiy muammoga duch keldi — unga halqum saratoni tashxisi qo‘yiladi. Biroq 2011-yilda aktyor kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi.

Ammo uning baxtsizliklari va umidsizliklarining asosiy manbai yaqin odamlardir. Mayklning birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li Kemeron giyohvand moddalar savdosida ayblanib qamalgan. “Albatta, o‘g‘limdan hafsalam pir bo‘ldi, — deydi aktyor intervyusida. — Ammo men tizimdan ko‘proq xafa bo‘ldim, agar odam qoqilib ketsa, haddan tashqari shafqatsiz jazolanadi. Bu o‘g‘lim bilan ham sodir bo‘ldi, u ikki yilni bir kishilik kamerada o‘tkazdi”.

Shuningdek, aktrisa Ketrin Zeta-Jons bilan oilaviy hayotda ham turli ziddiyatlarga duch keldi. 2013-yil avgust oyida Maykl ular ajralishayotganini e’lon qildi. Buning sababi turmush o‘rtog‘ining uzoq davom etgan depressiyasi edi. Biroq bir necha oy o‘tgach, Maykl va Ketrin yana birga yashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Liam Nison

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sevimli odamni yo‘qotish har doim kuchli zarba bo‘lib, uning oqibatlarini yengish juda qiyin. Liam unga ikki o‘g‘il dunyoga keltirgan go‘zal aktrisaga uylangan edi, ammo ularning birgalikdagi baxti atigi 15 yil davom etdi.

2009-yilda Natasha Richardson chang‘i uchayotganda yiqilib, boshidan qattiq jarohat oladi. Dastlab Natasha eriga hech qanday dahshatli narsa bo‘lmaganini aytdi. Ammo zarba natijasida miya gematomasi oxir-oqibat aktrisaning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Vudi Xarrelson

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Otasining qotil ekanini bilib ulg‘ayish qanchalar qiyin? Vudi Xarrelsonning ota-onasi bo‘lajak aktyor atigi uch yoshida ekanida ajrashadi va otasi Charlz hanuzgacha ikkita qotillikda ayblanib, bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Vudi 1968-yildan 1981-yilgacha otasi bilan bog‘lanmadi, lekin oxirida qamoqxonada u bilan uchrashishni boshladi. U hatto otasini muddatidan oldin ozod qilish uchun apellyatsiya arizasi bilan murojaat qildi, ammo bunga erisha olmadi.

Jek Nikolson

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hech qanday qiyinchiliklarga shubha qilib bo‘lmaydigan bu aktyorning hayotida (u dunyodagi hamma narsadan mamnunga o‘xshaydi), chuqur zarba holatini boshdan kechirgan. Jek o‘sha vaqtda 37 yoshda edi, 1974-yilda u kutilmaganda opasi Jun aslida uning onasi ekanini bilib qoladi.

Raqqosa va aktrisa Jun o‘g‘lidan onasi ekanini yashirgan, chunki u farzandli bo‘lish Gollivudda muvaffaqiyatli karyeraga ega bo‘lish ehtimolini kamaytiradi, deb hisoblagan. Jek otasi va onasi deb o‘ylagan bobosi va buvisi qo‘lida tarbiyalangan. O‘sha vaqtga kelib, haqiqiy onani qoralashga juda kech edi, chunki Jun 1963-yilda saraton kasalligidan vafot etadi, ammo taniqli aktrisa bo‘la olmaydi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik