Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-yanvar kuni Singapurga davlat tashrifini amalga oshirmoqda. Davlat rahbari tashrif doirasida mamlakat prezidenti hamda bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, singapurlik biznes egalari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Daryo” nashri O‘zbekiston—Singapur munosabatlari haqida so‘z yuritadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar

1997-yilda O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan buyon ikki mamlakat o‘rtasida mustahkam siyosiy va iqtisodiy sheriklik yo‘lga qo‘yildi. 2007-yildan buyon Singapurda O‘zbekistonning elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Singapur BMT Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston tashabbusi bilan:
  • “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” (2018-yil);
  • “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” (2018-yil);
  • “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror taraqqiyot” (2019-yil);
  • “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish” (2021-yil);
  • “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish” (2022-yil) kabi rezolyutsiyalar;
  • Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish to‘g‘risidagi shartnomaning (2009-yil) qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi.
  • Singapur O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sanaladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda ochilgan universitetlar va yangi ishga tushirilgan interaktiv onlayn-dasturlar – ta’lim sohasidagi hamkorlik

2008-yildan buyon Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yil 26-oktabrda Toshkent texnologiyalar, menejment va kommunikatsiyalar instituti (TMC) – Singapurdagi TMC akademiyasi filiali tashkil qilindi. Kelishuvga muvofiq, Toshkent shahridagi TMC instituti umumiy daromadi summasining 1 foizini Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasiga o‘tkazadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yil 22-oktabr kuni TMC’ning ikkinchi kampusi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Talabalar soni 12,5 barobar oshdi–2021-yildagi 400 nafardan 2022-yildagi 5000 nafargacha. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 300 ta maktab (2021-yil apreldan 2021-yil dekabrgacha) hamda O‘zbekiston Respublikasining 14 ta Prezident maktablari uchun (2020-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-avgustgacha) ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha “Siks Klouds” Singapur kompaniyasining interaktiv onlayn-dasturi ishga tushirildi.

So‘nggi 6 yilda Singapur investitsiyalarining umumiy hajmi 700 mln dollarni tashkil etdi – savdo-iqtisodiy hamkorlik

Singapur va O‘zbekiston deyarli barcha sohalarda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda hamkorlikni kuchaytirish uchun foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega. 2007-yilda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Singapur Respublikasi hukumati o‘rtasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi bitimning 3-moddasiga muvofiq o‘zaro savdoda eng ko‘p qulaylik rejimi yaratildi.

2021-yilda ikki tomonlama o‘zaro savdo hajmi 179,2 mln dollarni (+42,6 %), jumladan: eksport – 104 mln dollar (+79,3 %), import – 75,2 mln dollarni (+11,2 %) tashkil etdi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 142,7 mln dollarni (- 20%), jumladan eksport 104,8 mln dollar (+0,01%), import 37,9 mln dollarni (-49%) tashkil etdi.

Eksportning asosi: qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (69,6%), qurilish materiallari (5,5%), xizmatlar (17,9%) va boshqalar. Importning asosi: xizmatlar (77,9%), kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar (8,1%), optik apparatlar va asboblar (4,9%), mexanik uskunalar (3,6%), to‘qimachilik mahsulotlari (2,3%) va boshqalar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2016–2022-yillarda davomida Singapur investitsiyalarining umumiy hajmi 700 mln dollarni tashkil etdi. 2022-yilda quyidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida 38 mln dollarga teng investitsiyalar o‘zlashtirildi:

  • Qo‘qon superfosfat zavodini Singapurning Indorama kompaniyasi tomonidan modernizatsiya qilish uchun – 30 mln dollar;
  • Toshkent shahrida Singapurning TMC Institute oliy ta’lim muassasasining ikkinchi kampusini ochish uchun - 8 mln dollar.
Indorama Corporation asosiy investitsiya hamkori hisoblanib, 2010-yildan buyon 650 mln dollarga teng 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirdi, shu jumladan:
  1. Indorama Kokand textile – paxta-ip kalavasi ishlab chiqarish (2010-yil). Investitsiyalar hajmi – 240 mln dollar;
  2. Ip va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Indorama Agro to‘qimachilik klasteri (Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari) (2018-yil). Investitsiyalar hajmi – 340 mln dollar;
  3. Superfosfat va ammiak ishlab chiqaruvchi Qo‘qon superfosfat zavodini xususiylashtirish (2019-yil). Investitsiyalar hajmi – 67 mln dollar, oshirilgan quvvati – yiliga 640 ming tonna (100 ming tonnadan).
Singapurlik hamkorlar bilan birgalikda qiymati 4 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 15 ta yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxati shakllantirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi