“Zo‘ravonlik haqida og‘iz ochgan odam hukumatda sazoyi qilingan”. Barnogul Sanakulova 2016-yilgacha zo‘ravonlik mavzusi yopiq bo‘lgani haqida gapirdi
“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 11-soni mavzusi “Tazyiq va zo‘ravonlik — nomardlik” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanakulova taklif etildi.
Menga bir yig‘ilishda Tanzila Norboyeva bir gap aytdilar. 2016-yilgacha hukumatda zo‘ravonlik to‘g‘risida gapirgan odam sazoyi qilingan. Mavzu yopiq bo‘lgan, bizda bunday holatlar yo‘q degan stereotip shakllantirilgan.
Demak, bu muammo bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgan emas. Biz zo‘ravonlik kontentiga ega bo‘lgan bir avlodni qabul qilib bo‘lganmiz, buyog‘iga ikkinchi-uchinchi avlod haqida gap ketyapti.20–30 yil mobaynida zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, o‘sha paytda mavzu tabu bo‘lgani tufayli o‘zi haqida gapirib berolmagan odam hozir o‘ttizga kirdi. Uning ichida ham kichkina zo‘ravon yashayotgan bo‘lishi mumkin. Hozir o‘ziga ishonchi, shaxsiy fikri yo‘q bo‘lgan, tazyiq va bosimlar ostida yashagan, ota-ona xohishi bilan o‘ziga kasb tanlab ishlayotganlar bor. Ular kasbiga sevimli mashg‘ulot emas, og‘ir yuk sifatida qaraydi. Shu jihatdan, zo‘ravonlik kambag‘allikni yetaklab keladi, deya olamiz, – deydi iqtisodchi.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
-
“Yechim bermasdan muammoning o‘zini gapiraversak, odamlarning qulog‘i qotib, ko‘zi o‘rganib qoladi”. Barnogul Sanakulova oilaviy zo‘ravonlik mavzusida yozuvchi blo...
17.12.2022, 12:18 -
“Aholining katta qismi kambag‘allashib borayotganligi negizida oilaviy zo‘ravonlik turadi” – professor Barnogul Sanakulova
17.12.2022, 14:12