Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qamchiq dovonida 16—17-dekabr kunlari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘quv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad FVDT rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirishdan iborat.

O‘z navbatida, fuqarolarimizdan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qolamiz, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank